Bolalar kutubxonasi

 

Zulfiya. Saylanma

E`zozlar, ardog`lar uchun tashakkur,

Asli Siz oftobim, men ziyosiman.

Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,

Baxtim shul - o`zbekning Zulfiyasiman. 

 

 

Yuklab olish

 

Qambar ota. Toshpolvon va Ishpolvon haqida ertak

Qambar Otaning “Ota” ligidan ko‘ra bolaligi bolalarga yaqinroq.

Chunki ko‘nglidagi barcha she’riy tizmalari beg‘ubor bolalikning halinchaklarida pishib yetilgan.

Shu bois uning she‘rlari ko‘ngilga tez o‘tiradi. Xotirada uzoq saqlanadi.

Bolalarning tasavvur olamini yanada kengaytiradi.

Kattalarning unutilgan bolaligini yodga soladi.

Bir lahza turmush tashvishlarini unutib,

she’riyat ummoniga g‘arq bo‘ling, ruhiyatingizni quvvatlantiring.

Yuklab olish

 

Amir Arslon Rumiy

"Amir Arslon Rumiy" dostoni O‘n ikkinchi asrdan O‘n to‘qqizinchi asr

o‘rtalarigacha arab, turk, fors tilida so‘zlashuvchi ellar orasida keng tarqalib,

sayqallanib borgan muhabbat va sadoqat hakidagi qissadir.

Asarda tarixiy voqyealar fantastik hodisalar bilan qorishib ketgan.

 

 

 Yuklab olish

 

 

Nizomiy Ganjaviy. Baqqol va tulki dostoni.

Kaklik tumshug'ida chumoli sho'rlik,
Ul zaifga kaklik aylardi zo'rlik.
Chumoli qahqaha urdi jarangdor:
— Ey kaklik, sen kula olmaysan zinhor!

 

 

Yuklab olish

 

Quvvatov Otabek. Ertaklar.

Ushbu kitobda bolajonlar uchun turli mavzulardagi ertaklar kiritildi.

Ularda to`g`rilik, rostgo`ylik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi insoniy va

ijobiy fazilatlar ulug`lanadi. Qiziq voqea va qahramonlarning o`zaro suhbat muloqoti,

sarguzashtlari orqali ezgulikning g`alabasi, yomonlikning zavol topishi yosh

kitobxonlarga oson va ravon usullarda uqtiriladi.

 

Yuklab olish

 

Qora chayon

Quyosh borliqni tandirdek qizdirayotgan bo`lsa-da,

uyi buzilgan chumolilardek har yon sochilib,

bib-birini ustiga qashqirdek tashlanayotgan jangchilarning

hayqiriqlari momoqaldiroqdek gumburlab butun borliqni larzaga keltirgandi

 

 Yuklab olish

 

Ena shamol. Bahodir Qobul

Iste'dodli yozuvchi Bahodir Qobulning "Ena shamol" kitobiga uning keyingi davrda yozilgan,

asosan respublika matbuotida e'lon qilingan hikoyalari, shuningdek, milliy qadriyatlar, or-nomus, faxr va g‘urur,

Vatanga sadoqat, yurt va onaga muhabbat singari olijanob insoniy tuyg‘ular faqat adibning o‘zigagina xos uslubda tarannum etilgan 
Yozuvchi o‘z asarlarida ona tilimizning betakror tarovatini, inson qalbining jozib kechinmalarini o‘zgacha zavqu hayajon,

mehr va muhabbat ila go‘zal tasvirlar vositasida ifodalay oladi.

 Yuklab olish

 

Abdulla Avloniy

Abdulla Avloniy Turkiston milliy uyg`onish adabiyotining

e`tiborli vakillaridan, shoir, drammaturg, jurnalist.

U hahaqidagi ma`lumotlarni ushbu kitobdan olishingiz mumkin.

 

 

 Yuklab olish

 

 

Hayitboyeva Tamara. So’nggi manzil

Xorazmlik doimiy kitobxonimiz Hayitboyeva Tamara o`zlarining

"So’nggi manzil" nomli hikoyalarini keng kitobxonlar ommasiga taqdim etdilar.

 

 

 Yuklab olish

 

Shukrullo Abdullayev. Arxarlar yo'lboshchisi

Tabiat va cialis 20mg hayvonot olami mavzusida jahon adabiyotida juda ko'p mumtoz

asarlar yaratilgan. Ushbu to'plamga jamlangan hikoyalarda muallif turfa

jonivorlarning yashash tarzini haqqoniy tarzda ifodalaydi.

Bu bilan u o'quvchini ona-tabiatni sevishga, bag'ridagi boyliklarni ardoqlashga undaydi.

 

Yuklab olish

 

Ilonning ishi zahar solmoq

"Hiylagar bedana" nomli ertaklar kitobi ushbu xazinadan olingan

bir hovuch hikmat majmuyidir. O'ylaymizki, bu kitob bolalarning doimiy

hamrohiga aylanadi, ularni ezgulik sari yetaklashga xizmat qiladi.