Ma'naviyat

Dolzarb mavzu

Yoshlarni yot ta’sirlarga tushib qolishini oldini olish.

“Mustaqil O’zbekistonimiz demografik xususiyatiga ko’ra yoshlar mamlakati xisoblanadi. Yurtimizda istiqomat qiladigan jami aholining 64 foizini 30 yoshgacha bo’lgan fuqarolar tashkil qiladi. So’ngi o’n yillikda muayyan barqarorlik kasb etgan bo’lsada, 2015-yilga kelib O’zbekiston aholisining 1,5 barobarga ortib, jami 36 million 330 ming kishidan ortishi kutilmoqda. Shu davr mobaynida mehnatga yaroqli aholi soni ham ikki barobarga oshadi va 2015-yilda qariyb 20 million nafar kishini tashkil etadi”. Yuqorida keltirib o’tilgan raqamlar nafaqat mehnat resurslari sonining ortishi balki yuqori intelektual kadrlarga ega ekanligimizni ham namoyish qilmoqda. Ana shuning uchun ham yurtboshimiz I. Karimov “O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat” shiorini ilgari surgan.

Hozirgi globallashgan zamonda barcha yoshlar yangilikka, o’zgarishlarga qarab intilmoqda. Lekin, bu yangiliklarning barchasi bugungi kun yoshlariga qay darajada ta’sir qilayapdi?, bu yangiliklardan yoshlarimiz qay darajada foydalanmoqdalar?.. Hozirda yoshlarimiz onggida madaniyat, sivilizatsiya degan iboralar shakllanmoqda. Sivilizatsiya (lot. «fuqarolik»)  moddiy madaniyatning sinonimi, tabiat kuchlari ustidan inson egalik qilishining yuksak darajasi sifatida o’zida texnikaviy progressning ulkan kuchini ifoda etadi va ko’proq moddiy boyliklar ishlab chiqarishga da’vat etadi. Sivilizatsiya – inson tomonidan o’ziga tegishli bo’lmagan moddiy ob’ektlarni qayta o’zlashtirishni bildiradi. Madaniyat esa – insonning ichki fazilati, ma’naviyati, erkinligi yoki tushkunligi, tashqi olamga batamom bog’liqligi yoki ma’naviy mustaqilligiga beriladigan bahodir.

Biz yuqorida keltirib o’tgan “yangilik” bir qarashda ajoyib narsaga o’xshaydi, lekin hozirgi kunda bu yangiliklarning saralanmaganligi bugungi yoshlarimizni mafkuraviy zaharlanishiga olib kelmoqda. Xususan yoshlar uchun ommaviy madaniyatning xatarli oqibatlarini Prezidentimiz bir necha bor qayd etgan edilar.  Jumladan, «Fidokor» gazetasi muhbirining savollariga javoblarida: “Dunyoda bir qarashda beozor, siyosatdan xoli bo’lib tuyulgan shunday mafkuraviy ta’sir vositalari ham borki, ularga kunda ko’pda yetarlicha e’tibor beravermaymiz …har qanday kasallikni oldini olish uchun avvalo kishi organizmida unga qarshi immunitet xosil qilinadi. Biz xam farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog’lom munosabatni qaror topdirishimiz, ta’bir joiz bo’lsa, mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur”, deb ko’rsatadi.

“Ommaviy madaniyat”ning tag zamirida avvalo, tijorat, moddiy manfaatdorlik borligini bugungi zamonaviy fan ham e’tirof etadi. Haqiqattan ham yot mafkuralar har doim erkin bozor muhitida xaridorgir tovarlar bilan mustahkam o’rin egallagan. Ommaviy madaniyatning ta’siridan saqlanish uchun avvalo, o’sib kelayotgan avlodni milliy ma’naviyatimizning hayotbaxsh ne’matlaridan bahramand etish va ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlab borish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.

Mening fikrimcha, yoshlarni turli yot ta’sirlarga tushib qolishini oldini olish uchun:Birinchidan, unda qadriyatlarga, tarixiy ma’daniyatimizga bo’lgan chuqur hurmatni shakllantirish;Ikkinchidan, himoyalangan axborotlar bilan to’yintirish;Uchinchidan, kichik yoshidan boshlab milliy istiqlol va ma’naviyat asoslari g’oyalarini singdirish;To’rtinchidan, ota-onalarning tarbiyalash etikasini yanada shakllantirish, farzandga nisbatan mas’uliyat darajasini oshirish talab etiladi.