Ochiq ma'lumotlar

                                                      O’zbekiston Respublikasi davlat organlarining veb-saytlari holati va rivojlanish istiqbollari 
 

O’zbekiston milliy Internet resurslari 
www.uz – milliy axborot qidiruv tizimi; 
• mail.uz – milliy elektron pochta xizmati; 
• ziyonet.uz – axborot ta’lim tarmog’i; 
• uforum.uz – muhokama (forum) veb portali; 
• edu.uz – O’zbekiston ta’lim portali; 
http://ict.gov.uz – Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash sayti; 
http://www.reestr.uz – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22 noyabrdagi №256 sonli "Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to’g’risida" Qaroriga muvofiq yaratilgan Davlat organlari axborot tizimlari va resurslarini hisobga olish va ro’yxatdan o’tgazish yagona tizimi sayti 
• mtrk.uz – milliy teleradiokompaniya veb sayti. 

O’zAAA portali 
Ushbu portal orqali aloqa va axborotlashtirishga sohasiga oid barcha ma’lumotlardan va me’ѐriy hujjatlardan foydalanish mumkin. 
O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi portali 
Ushbu portal orqali Internet tarmog’i bo’yicha on-layn radio tinglash va teledasturlarni tomosha qilish mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi davlat organlarining veb-saytlari 
www.gov.uz - O’zbekiston Respublikasining Hukumat portali; 
www.parliament.gov.uz - O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi veb-sayti; 
www.senat.gov.uz - O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati veb-sayti; 
www.press-service.uz – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati; 
www.uza.uz – O’zbekiston milliy axborot agentligi; 
www.cbu.uz - O’zbekiston markaziy banki portali; 

O’zbekiston Respublikasining Hukumat portalida O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati, matbuot markazi, davlat ramzlari, xizmatlar reyestri, davlat organlari saytlari, davlat hokimiyati organlari to’g’risidagi ma’lumotlar joylashtirilgan. Shuningdek, ushbu portalda foydalanuvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarini berishlari uchun savol-javoblar havolasi joylashtirilgan. 
Ushbu portal O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 dekabrdagi №259-sonli "Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Qaroriga muvofiq O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining "O’zinfokom" (Uzinfocom) kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi tomonidan qo’llab-quvvatlanadi. 
Vazirliklar saytlari 
www.mineconomy.uz – O’zbekiston Respublikasi iqtisodiѐt vazirligi; 
www.mf.uz – O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi; 
www.agro.uz – O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi; 
www.mexnat.uz – O’zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi; 
www.edu.uz – O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi; 
www.uzedu.uz – O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi; 
www.minzdrav.uz – O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi; 
www.mvd.uz - O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi; 
www.mchs.gov.uz – O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi; 
www.mfa.uz – O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi; 
www.mfer.uz – O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi; 
www.minjust.uz - O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi; 
www.mcs.uz - O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi; 
Davlat Qo’mitalari veb-saytlari 
www.soliq.uz - O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq Qo’mitasi; 
www.gki.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish Davlat qo’mitasi; 
www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi; 
www.antimon.uz - O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo’mitasi; 
www.customs.uz - O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi; 
www.uznature.uz – O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi; 
www.uzgeolcom.uz - O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasi; 
www.gkas.uz - O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi; 
www.ygk.uz - O’zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo’yicha Davlat qo’mitasi. 

Agentliklar veb-saytlari 
www.autotrans.uz - O’zbekiston Respublikasi avtomobil va darѐ transporti agentligi; 
www.api.uz - O’zbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi; 
www.archive.uz - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maћkamasi ћuzuridagi «O’zarxiv» Agentligi; 
www.aci.uz - O’zbekiston Respublikasi aloќa va axborotlashtirish agentligi; 
www.uzkommunhizmat.uz - O’zbekiston Respublikasi «O’zkommunxizmat» agentligi; 
www.standart.uz - O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi; 
www.ima.uz - O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi; 
www.oak.uz - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maћkamasi ћuzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi. 

Davlat organlari veb-saytlarining maqsadlari 
Davlat organlari veb-saytlarining asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi: 
davlat axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, tashkilotlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish uchun mo’ljallangan ixtisoslashtirilgan axborotlar tizimini yaratish; 
tegishli axborot resurslarini tashkil etish va joylashtirish yo’li bilan respublika aholisi hamda xalqaro jamoatchilikning O’zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati to’g’risida, respublikaning ijtimoiy-siѐsiy va ijtimoiy-iqtisodiy haѐtida amalga oshirilaѐtgan islohotlardan xabardorligini ta’minlash;
tashkilotlarning yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga ko’maklashish; 
aholining tegishli tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qilish imkoniyatlari va tartibotlari to’g’risida ularni xabardor qilish; 
axborotlarni ayirboshlash va tarqatish tezligi darajasi, tashkilotlarning xabardorligi darajasi o’sishi hisobiga tashkilotlar faoliyatining sifati va samaradorligini oshirishga ko’maklashish; 
axborotlarni idoralararo elektron ayirboshlashni birxillashtirish. 
Rasmiy saytga http://www.viagrabelgiquefr.com/ qo’yiladigan talablar 
1. Rasmiy saytga joylashtirilgan asosiy axborotlardan foydalanish erkin va bepul bo’lishi kerak. 
Bazaviy axborot xizmatlaridan tashqari, davlat organi rasmiy sayt orqali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, pulli asosda qo’shimcha xizmatlar ko’rsatishi mumkin. 
2. Rasmiy saytga joylashtirilaѐtgan axborotlarning sanasi ko’rsatilishi va ular muntazam yangilab borilishi kerak. Axborotlarni yangilab borish muddati davlat organi tomonidan belgilanadi, biroq axborotlar bir haftada kamida bir marta yangilanib borishi kerak. 
Davlat organining normativ-huquqiy hujjatlari ushbu organning rasmiy saytga hujjatlar Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyin ikki kundan kechikmay joylashtirilishi kerak. 
3. Davlat organi rasmiy saytdagi axborotlarni shakllantirish, joylashtirish, shuningdek yangilab borish uchun mas’ul bo’lgan shaxsni (bo’linmani) buyruq bilan belgilaydi. 
4. Davlat organining rasmiy sayti ".UZ" domen zonasida hamda Internet tarmog’idagi O’zbekiston Respublikasining Hukumat portalida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lishi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi hududida server (xosting)da fizik jihatdan joylashtirilishi kerak. 
5. Rasmiy saytga axborot davlat tilida taqdim etilishi kerak. Rasmiy sayt axborotlari boshqa tillarda ham bo’lishi mumkin. 
6. Davlat organi o’zining rasmiy saytida joylashtirilgan axborotlarning yo’q qilinishi, to’sib qo’yilishi, buzib talqin qilinishi, qalbakilashtirilishi va soxtalashtirilishining hamda boshqa shakllardagi ruxsatsiz aralashuvlarning oldini olish bo’yicha tegishli muhofaza chora-tadbirlarini ko’rishi kerak. 
Rasmiy sayt axborotlari tarkibiga qo’yiladigan talablar 
1. Rasmiy sayt axborotlari tarkibi uning faoliyati xolisona ѐritilishini ta’minlashi kerak. 
2. Rasmiy saytga joylashtirilgan axborot ishonchli bo’lishi kerak. Davlat organi rahbarlari rasmiy saytga joylashtiriladigan axborotlarning ishonchliligi uchun javobgar bo’ladilar. 
3. Rasmiy saytga joylashtiriladigan axborot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan axborot bilan teng kuchga ega bo’ladi. 
4. Rasmiy saytda davlat sirlariga taalluqli va qonun hujjatlarida taqiqlangan boshqa axborotlar bo’lmasligi kerak. 
Davlat organining rasmiy saytiga joylashtirilishi 
majburiy bo’lgan axborotlar ro’yxati 
1. Davlat organining rasmiy saytiga joylashtirilishi majburiy bo’lgan axborotlarga quyidagilar kiradi: 
a) davlat organining huquqiy maqomini, shu jumladan davlat organining, uning bo’linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasi, funksiyalari va vazifalarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar; 
b) davlat organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar; 
v) davlat organining normativ-huquqiy hujjatlarini o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risidagi ma’lumotlar; 
g) Hukumat va davlat organlari tomonidan davlat organi faoliyati sohasida qabul qilingan dasturlar to’g’risidagi umumiy ma’lumotlar (nomi, maqsadi, asosiy vazifalari, buyurtmachilari, bosh ijrochilari, amalga oshirish muddatlari va kutilaѐtgan natijalar); 
d) davlat organi tomonidan o’tkaziladigan tadbirlar (majlislar, yig’ilishlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, seminarlar va brifinglar, "davra suhbatlari", rasmiy tashriflar) to’g’risidagi ma’lumotlar, davlat organining kundalik faoliyati to’g’risidagi boshqa axborotlar; 
ye) davlat organining davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro hamkorligi to’g’risidagi ma’lumotlar; 
j) amalga oshirilishida davlat organi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar to’g’risidagi axborotlar; 
z) davlat organi faoliyati sohasiga kiradigan tarmoqning ahvolini, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda uning rivojlanish dinamikasini tavsiflaydigan asosiy ko’rsatkichlar to’g’risidagi ma’lumotlar; 
i) davlat organi, uning tashkilotlari tomonidan o’tkaziladigan tovarlar yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish) bo’yicha ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to’g’risidagi ma’lumotlar; 
k) bo’sh ish o’rinlari va ishga qabul qilish shartlari to’g’risidagi ma’lumotlar; 
l) rasmiy saytning axborot materiallaridan foydalanishda unga havolalar majburiy ko’rsatilishi to’g’risidagi talab; 
m) davlat organi rasmiy saytda joylashtirishni zarur deb hisoblaydigan umumiy foydalaniladigan boshqa axborotlar va ma’lumotlar. 
2. Davlat organi tomonidan rasmiy sayt orqali ko’rsatiladigan bazaviy axborot xizmatlari ro’yxatiga quyidagilar majburiy tartibda taqdim etiladi: 
a) davlat organi rahbarlari to’g’risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, biografik ma’lumotlar va ular bilan bog’lanish ma’lumotlari, fuqarolarni qabul qilish kunlari); 
b) davlat organining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo’linmalarining telefon raqamlari va manzil rekvizitlari (pochta, elektron manzili va boshqalar), ularning ish tartibi to’g’risidagi ma’lumotlar, ma’lumotlar berish xizmati va ishonch telefonlarining raqamlari; 
v) davlat organi tomonidan qabul qilinadigan arizalar, blankalar va statistik hisobotlar shakllari; 
g) fuqarolarning arizalari, shikoyatlari va boshqa murojaatlarini qabul qilish tartibi to’g’risidagi axborotlar; 
d) davlat organi faoliyati to’g’risidagi tahliliy ma’ruzalar va axborot tusidagi sharhlar; 
ye) davlat organi rahbarlarining rasmiy nutqlari va baѐnotlari matnlari; 
j) davlat organining rasmiy statistik axborotlari; 
z) boshqa tegishli saytlarga havolalar; 
i) elektron-raqamli imzo qo’llanishiga ko’ra yuridik va jismoniy shaxslardan hisobotlar, xatlar, arizalar, shikoyatlar va boshqa shakldagi murojaatlarni qabul qilish imkoniyati. 
3. Rasmiy saytda boshqa manbalardan axborotlarni joylashtirishga faqat axborot manbai ko’rsatilgan taqdirda yo’l qo’yiladi.