“Biz siz bilan bir safdamiz”

09.11.2018

    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi Yoshlarga oid davlat siyosati  samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida  PF-5106 sonli farmonida O'zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatining 8-ustuvor yo'nalishi yuzasidan  joriy yilning 9 noyabr kuni Karmana tuman madaniyat va axoli dam olish markazi xodimlari  Nixol mukofoti sovrindori Sherzod Shodiev, Sayfulla Shodiev, Laziz Nurov, hamda Kamalak  yulduzlari festivalining raqs yo'nalishi bo'yicha viloyat bosqichi g'olibi maktabning “Nixol” raqs  dastasi qizlari bilan birgalikda Navoiy shaxridagi Mexribonlik uyi bolajonlari xolidan  xabar olish, hamda ular bilan birgalikda “Biz siz bilan bir safdamiz” loyixasini o'tkazish  uchun tashrif buyurildi. Mazkur loyixa doirasida ajoyib tadbir stsenareysi asosida bolajonlar bilan turli o'yinlar o'tkazildi. Madaniyat uyi xodimlari tomonidan jonli kuy-qo'shiqlar aytilib  mexrga tashna, ko'zlari chaqnoq bolajonlarni raqsga taklif qilishdi. Bundan bolajonlarni ko'ngli ko'tarildi. Mexribonlik uyi direktori  D. Adizova bunday tashriflardan xursand bo'ldi va kelgusida bundanda ajoyib tadbirlarni hamkorlikda birga ish olib borishlarini aytib o'tdilar.