“Boshlang’ich sinflarda estetik tarbiyaning ahamiyati” mavzusida o‘tkazilgan viloyat o‘quv - seminar

15.03.2018

Navoiy viloyati Karmana tuman XTBga  qarashli  3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida    Boshlang’ich   ta’lim  yo‘nalishida  Boshlang’ich  sinflarda  estetik tarbiyaning ahamiyati”  mavzusida   o‘tkazilgan   viloyat 

o‘quv -  seminar

yig‘ilish  bayoni.

 

           

    2018 yil 14 -mart  kuni   Navoiy viloyati  Karmana tuman 3-umumiy  o’rta     ta’lim maktabida   “Boshlang’ich  sinflarda  estetik tarbiyaning ahamiyati”  mavzusida viloyat  o’quv - seminar o’tkazildi.  

     Seminarda  Viloyatning barcha tumanidagi maktablardan o’qituvchi lar , metodistlar ,   Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutidan bir guruh o’qituvchilar hamda   viloyat  xalq ta’limi boshqarmasidan   Sh. Rahmonova   ishtirok etishdi.   

.    

                                                 

                                          Kun  tartibidagi  masalalar:  

                                                                                                                                                                                  1. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarning o’tgan ochiq darslar tahlili to’g’risida

2 .  Birinchi “Alifbe” kitobi muallifi Oqilxon Sharafidinnov tavalludining 120 yilligi  to’g’risida

            

     “Boshlang’ich  sinflarda  estetik tarbiyaning ahamiyati”  mavzusida    o’tkazilgan o’quv - semenarda  5 nafar o’qituvchilar ochiq dars o’tdilar.                                                                   

          Maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchilari Rahmatova Aziza  o’qish fanidan “Bulbuljonim kuylasin” she’ri (2-“A” ) sinf  ,   Sultonova Feruza    ona tili   fanidan  ,,Shaxs va narsani belgisini   bildirgan so’zlar’’(2-“B” sinf), Imomova Nigora  matematika  fanidan      Bo`linmaning  raqami  bir  necha   sinash  natijasida  topilgan holda   ikki  xonali  songa   bo`lish. (4-“V” sinf)   ,  Xudoyberdiyeva O’g’iloy  o’qish  fanidan “Bulbuljonim kuylasin” she’ri   (2-“D” sinf)  ,Abdullayeva Nafisa   odobnoma fanidan “Biz yashayotgan ola   (3-“V”sinf)   mavzularida  elektron darsliklardan  foydalanib   ochiq darslar  o’tishdi. 

        Darslar  maktabga kelgan boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari  tomonidan tahlil qilindi.    9 – maktab   boshlang’ich sinf o’qituvchisi   Bozorova Z,   Malaka oshirish institutidan kelgan  o’qituvchilar,  guruh rahbari  P.Jo’rayeva ,   Viloyat  boshlang’ich ta’lim bo’yicha metodist  Sh. Rahmonova , Karmana tuman   boshlang’ich ta’lim metodisti  G. Rahmonova      va   boshqa o’qituvchilar  o’z   fikr –mulohazalarini   bayon   etishdi.

      

       2– masala yuzasidan Viloyat  xalq ta’limi boshqarmasidan  boshlang’ich ta’lim bo’yicha metodist  Sh. Rahmonova  so’zga chiqib  bu yil  birinchi “Alifbe” kitobi muallifi ,  buyuk  pedagog  Oqilxon Sharafiddinov  tavalludining 120 yilligi barcha  ta’lim muassasalarida keng nishonlanayotganligi  va u kishining hayoti va faoliyati  haqida gapirib o’tdi. 

     Maktabda o’tkazilgan “Alifboni yod etib” mavzusidagi tadbir haqida ham fikrlarini  bildirdilar. 

        Yig’ilish yakunida   dars o’tgan o’qituvchilarga tashakkurnomalar cialis topshirildi hamda ularning ish tajribalarini tuman , viloyat miqyosida ommalashtirish kerakligi aytib o’tildi. 

 

        Yig’ilish raisi viloyat  XTB  boshlang’ich ta’lim metodisti:          Sh.Raxmonova                                                                                

        3- maktab boshlang’ich ta’lim  metodbirlashma rahbari:                  T.To’rayeva