“Konsitutsiya- baxt qomusimiz”

09.12.2017

Dekabr oyi-Milliy g`oya tarkibiga kiruvchi fanlar oyligidir.  2017 yilning 6- dekabr kuni Karmana tuman 3-umumiy o`rta ta`lim maktabida “Milliy g`oya tarkibiga kiruvchi fanlar oyligi” ning ochilish marosimi va 8- dekabr O`zbekiston Respublikasi davlat Konstitutsiyasining qabul qilinganligi 25yilligi  munosabari bilan 5-9 sinflar xamkorligida faollar zalida “Konsitutsiya- baxt qomusimiz” nomli tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda Navoiy viloyat televideniyasi, Do`rman uchastka noziri Jumayev Fayoz ishtirok etdilar. Tadbirni maktabning  Ma`naviyat ishlari bo`yicha deriktor o`rinbosari Ro`ziqulova.D boshlab berdi. Tadbirda o`quvchilar bugungi kunda yoshlar ongini zaharlayotgan xar hil zararli  g`oyalar haqida fikrlarva sahna ko`rinishlar ijro etildi. O`quvchilar bu tadbirdan  Asosiy qonunimizning qabul qilingan kuni qanchalik ahamiyatli ekanligiga, O`zbekistonning xalqi inson huquqlariga va davlat suverineteti g`oyalariga  sodiqligiga ishonch hosil qilishdi.Bu tadbir orqali yoshlar vataniga, xalqiga yanada sodiq farzand bo`lishga, ota –bobolardan qolgan shu zaminni asrab avaylashga  qo`llaridan kelgancha o`z hissalarini qo`shishadi.