“Mening g`oyam - eng yaxshi g`oya” ko`rik - tanlovi
Karmana tumani Xalq ta'limi bo`limiga qarashli umumiy o`rta ta'lim maktablari o`quvchilari o`rtasida “Mening g`oyam - eng yaxshi g`oya” ko`rik - tanlovini o`tkazish yuzasidan tuman xalq ta'limi bo`limining 2018 yil
18 apreldagi 01-408-sonli chora tadbirlar rejasi tasdiqlanib, barcha ta'lim muassasalariga yetkazildi. 2018 yil 21 aprel kuni 3-umumiy o`rta ta'lim maktabida ko`rik-tanlovning tuman bosqichi o`tkazildi. Tuman bosqichida tumandagi umumiy o`rta ta'lim maktablaridan 52 nafar yosh ixtirochi o`quvchilar o`zlarining texnik ijodkorligi bo`yicha yaratgan ixtirolari bilan ishtirok etishdi. Ko`rik-tanlovning yakuniy natijalariga ko`ra, tumanning 21-umumiy o`rta ta'lim maktabining 9-sinf o`quvchisi Xaydarov Humoyun faxrli 1-o`ringa sazovor deb topildi. 2-o`rinni 9-umumiy o`rta ta'lim maktabining 9-sinf o`quvchisi Raxmatov Sanjar,
14-umumiy o`rta ta'lim maktabining 7-sinf o`quvchisi Sayfullayev Abbos egalladi. 3-o`rinni 1-umumiy o`rta ta'lim maktabining 8-sinf o`quvchisi Karimov Nodirbek, 22-umumiy o`rta ta'lim maktabining 4-sinf o`quvchisi Shodiyev Shaxriyor, 26-umumiy o`rta ta'lim maktabining 8-sinf Rustamov Farruxlar qo`lga kiritib xalq ta'limi bo`limining diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishdi.