“Olov - tilsiz yov”, “Is gazidan saqlaning”

01.11.2017

Karmana tuman XTB ga qarashli 3- umumiy o`rta ta'lim maktabida oyning har chorshanba kuni favqulodda vaziyatlar kuni munosabati bilan o`tkazilgan 
“Olov - tilsiz yov”, “Is gazidan saqlaning” mavzularida o`tkazilgani o`quv seminari   
Kun tartibidagi masala yuzasidan Karmana tumani  3-umumiy o`rta ta'lim maktabi  MMIBDO`  D.Ro`ziqulova  kirish so`zi bilan ochib berdi va targ`ibot guruhi a'zolarini tanishtirdi.  

    Kun tartibidagi masala yuzasidan Karmana tuman IIB YOXB boshlig`i podpolkovnik O`.Yalgashov so`zga chiqib farovon xayotimizda olov katta xizmat qiladi. Uning kundalik turmushga o`rni beqiyos. U azaldan odamlarning og`irini yengil qilib kelgan. Lekin shuni unitmaslik kerakki biz undan bilibgina foydalansakkina undan foydalanish qoidalariga to`g`ri amal qilsakkina, u bizga to`g`ri xizmat qiladi. Aks xolda, beparvolik qilsak, undan aziyat chekib qolishimiz mumkin.
         Uyda hech kim yo`qligida gaz yoqmoqchisiz. Bilmasdan uning oldiga egilib uning oldiga yaqinroq bordingiz. Olovning tovushi chiqmaydi aksincha, gaz xidi uning lovullab yunishidan siz qo`rquvga tushasiz.
Siz ta'lim muassasasida a'lo baxolarga o`qishdan tashqari uyda ham xar bir ishda masuliyat va xushyorlik bilan qarashingiz talab qilinadi. Ba'zan ota onangiz biror bir ishga chalg`ib , unitib qoldirgan gaz  yoki elektor tokini uchirib kuyasiz  lekin orangizda olovni o`yin bilib oqibatini uylamay qaltis ishlarga qul uradiganlar ham uchrab turadi.
Har kunimiz ko`ngilli o`tishi, ota onangiz, ustozlaringiz, xotirjam bo`lishlari, yurtimiz osoyishtaligi uchun sizlarni xamisha xushyor bo`lishga undaymiz deb IIB YOXB boshlig`i podpolkovnik O`.Yalgashov yong`in chiqqanda uni oldini olish bo`yicha yong`in xafsizligi avtomashinasida sa`lanadigan anjomlar bilan o`quvchilarni tanishtirib o`tdi.
        Favqulodda vaziyatlarni kelib chiqishi va uning oqibatlari to`g`risida Navoiy viloyat Favqulotda vaziyatlar bo`limi boshlig`i podpolkovnik  F.Shodmonov  Yer yuzasidan favqulodda vaziyatlar ya'ni kutilmagan ofatlar qanday ko`rinishda bo`lmasin ro`y berib turish tabiiy. Bu ko`plab insonlarning qurbon bo`lishiga va iqtisodiy talofat yetkazishiga sabab bo`lmoqda.
    Shuning uchun xam jaxon olimlari xar qanday ofatning iloji boricha oldini olishga xarakat qilib kelmoqdalar “O`zini asraganni ollox ham asraydi” deganlaridek, har bir inson doimo xushyor va ziyrak bo`lishi, ro`y berishi mumkin bo`lgan favqulodda vaziyatlarga tayyor bo`lish uchun muayyan bilimlarga ega bulish zarur. Sel tog` daryolar o`zanlarida to`sattan yuzaga keluvchi suv, tog` jinslari bo`laklari aralashmasidan iborat.  
    Kun tartibidagi masala yuzasidan Karmana tumani tabiiy gaz bo`limi  boshlig`i A.Ernazarov  is gazidan saqlanish va is gazidan zaharlanganda birinchi yordam ko`rsatish to`g`risidagi ma'lumotlarni taqdim etdi.
-    Isitish pechlarini tunda o`chirib qo`yishni unutmang;
-    Xonada gaz ҳidini sezganda elektr asboblarini aslo yoqmang, yoqilgan bo`lsa o`chirmang, zudlik bilan eshik va derazalarni ochib, xonani shamollating:
-    gaz jihozlari (gaz plita, isitish pechlari) ustida yuvilgan kiyimlarni quritmang;
-    bolalarni uyda yolg`iz qoldirmang va ularni gaz asboblaridan foydalanishiga yo`l qo`ymang;
-    gaz so`rg`ich moslamalaridan aslo foydalanmang 
-    gaz isitish pechlari a tarmoqlarini o`z boshimchalik bilan қoidaga xilof ravishd urnatmang 
-    nosoz gaz jixozlarini o`z boshimchalik bilan tuzatmang va ulardan foydalanmang 
-    gaz sizib chiqqanida ozik olov bilan tekshirmang.
-    Qo`lbola yoki nostandart isitish moslamalaridan foydalanish, gaz quvurlariga rezina shlanglarini ulash, gaz tarmog`iga so`rg`ichlar o`rnatish noxush holatlarga olib keladi.
-    Isitish moslamalaridan foydalanish qoidalariga rioya qiling.
-    Gaz xizmati va yong`in xafsizligi nozirlari ko`rsatmalariga qat'iy rioya qiling.