“Vatan muqaddas,uni himoya qilish sharafli burchdir!”

21.12.2018

21 dekabr 2018 yil.

                  Karmana tumani 3-umumiy o'rta ta'lim maktabida “Vatan muqaddas,uni himoya 
qilish sharafli burchdir!” shiori ostida o'tkazilgan  tadbir bayoni.

      Tadbir raisi:   E.Radjabov – maktab direktori,
      Qatnashdilar :  SH.T.Djabborov – tuman mudofaa bo'limi boshlig'i,podpolkovnik
                                 F.Eshpulatov     -  99368-harbiy qismi ofitseri,
                                 U.Quziev            - 99368-harbiy qismi serjanti.
                                 SH.Sultonov       - 99368-harbiy qismi oddiy askari,
                                 M.Tursunov       - 99368-harbiy qismi oddiy askari,
                                 L.Nurov             - tuman Madaniyat bo'limi  xodimi,
                                 S.Shodiev          - tuman Madaniyat bo'limi xodimi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 dekabrdagi F-5413-sonli hamda 
“Vatan himoyachilar kuni”ni munosib kutib olish va uni umumhalq bayrami sifatida keng 
nishonlash,aholida Milliy armiyadan faxrlanish va unga bo'lgan ishonch hissini oshirish,yoshlarni 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni ta'minlash to'g'risidagi” F-118-sonli Farmoyishlari ijrosini 
ta'minlash to'g'risida.

               Kun tartibi masala  yuzasidan Karmana tuman mudofaa bo'limi 
boshlig'i.podpolkovnik SH.T.Djabborov so'zga chiqib. “Vatan himoyachilar kuni” bilan tabriklab, 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 dekabrdagi F-5413-sonli hamda “Vatan 
himoyachilar kuni”ni munosib kutib olish va uni umumhalq bayrami sifatida keng 
nishonlash,aholida Milliy armiyadan faxrlanish va unga bo'lgan ishonch hissini oshirish,yoshlarni 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni ta'minlash to'g'risidagi” F-118-sonli Farmoyishlari ijrosini 
ta'minlash maqsadida,viloyatimizda O'zbekiston respublikasi Qurolli Kuchlarlari  tashkil 
etilganligining 27 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni”ni keng nishonlashga tayyorgarlik 
ko'rish va o'tkazishga bag'ishlangan 2018 yil 15 dekabrdan 2019 yil 15 yanvarga qadar viloyatda 
vatanparvarlik oyi o'tkazilib,bayram tadbirlarini “Vatan muqaddas,uni himoya qilish sharafli 
burchdir!” degan umumiy g'oya ostida tashkiliy jihatdan yuksak saviyada amalga oshirilib 
kelmoqda.Uylamanki,kelgusida vatanparvarlik ruhida o'tkaziladigan tadbirlarimiz o'z 
natijasini berib,sizdek.yoshlar, Vatan himoyasiga shaylanib jonkuyar,vatanparvar,yurt 
himoyachisiga aylanadi  degan deb umiddaman. Tadbir davomida 99368-harbiy qism askarlar, 
maktabimizning o'quvchilar tomonidan vatanparvarlik ruhida  sahna ko'rinishlari bilan bir 
qatorda Vatanimizni madh etuvchi  ko'y-qo'shiqlar va she'rlar ijro etildi.

 MMIBDO' O.Abdullaev, Yoshlar yetakchisi I.Buranova,CHYOT rahbari X.Ashurovlarga:
      - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil  13 dekabrdagi F-5413-sonli 
Farmoni va F-118-sonli farmoyishining mazmun – moxiyatini o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasida 
keng targ'ib qilish;
      - maktabda 2018 yil 15 dekabrdan 2019 yil 15 yanvarga qadar “Vatan muqaddas,uni himoya 
qilish sharafli burchdir” shiori ostida vatanparvarlik oyligini yuqori saviyada tashkil etish va 
o'tkazish;
      - oylik davomida yuqori sinf 9-10-11 sinf o'quvchilari o'rtasida  “Vatanimga hizmat 
qilaman”, “Vatanparvar sardor” kabi mavzularda insholar va rasmlar tanlovini tashkil etish;
      - bayramga bag'ishlangan sport musobaqalarini tashkil etish va o'tkazish;
      - harbiy soha vakillari bilan yoshlar o'rtasida davra suhbatlarni tashkil etish;
      - yaqin hududda joylashgan harbiy qismlarga  sayoxatlarni uyushtirish;
      - o'tkazilgan  tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish vazifalari 
topshirilsin.
 Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish vazifasi MMIBDO' O.Abdullaev zimmasiga yuklatilsin.