“Yoshlar tarbiyasi porloq kelajak mevasi”

17.11.2017

Karmana tuman XTB ga qarashli 3- umumiy o`rta ta'lim maktabining 
 o`quvchilari bilan  “Yoshlar tarbiyasi porloq kelajak mevasi” mavzusida o`tkazilgan seminar   
Kun tartibidagi masala yuzasidan Karmana tumani  3-umumiy o`rta ta'lim maktabi  MMIBDO`  D.Ro`ziqulova  kirish so`zi bilan ochib berdi va targ`ibot guruhi a'zolarini tanishtirdi.  

    O`quvchilarga “Din niqobidagi buzg`unchilar” nomli vidiorolik namoyish etildi va kun tartibidagi 1-masalaga o`tildi. Kun tatibidagi masala yuzasidan Karmana tumani IIB xodimasi Nodira Yesamurodova “Diniy ekstrimizmning yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.
Karmana tumani IIB xodimasi Nodira Yesamurodova:  “Assalomu Alaykum hurmatli o`stozlar va o`quvchi yoshlar. Bugungi seminaringizga taklif qilganlaringiz uchun katta rahmat. Ushbu seminardan  har biringiz diniy ekstrimizm va terrorizm, jinoyatchilik, huquqbuzarlikka qarshi kurashishda o`zingizni bilimingizni oshirib va o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olasiz. 
Hozirgina tomosha qilgan vidioroligimizda din niqobidagi buzg`inchilarning qilgan noma'qul ishlari butun dunyoga xavf solmoqda.
Diniy ekstremizm - ekstremizmning din niqobida namoyon bo`lgan shakli ekstremizm muammolarni hal etishda o`ta keskin chora-tadbirlarni, fikr qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyotni anglatadi. Diniy ekstremizm  ham ana shu tamoyillarga asoslanadi. 
Diniy ekstremizm namoyon bo`lishga ko`ra xududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarga bo`linadi. Bunday qarashlar juda qadimiy ildizlarga ega bo`lib, hech qachon chegara bilmagan, millat, xududni tan olmagan diniy ekstrimizm barcha dinlar doirasida rivojlangan. Diniy ekstremistlar qayerda va qaysi din bayrog`i ostida faoliyat ko`rsatmasin, asosiy maqsadi diniy davlatni, barpo qilish bo`lib ,  bu maqsadga o`zaro, nizolar, ixtiloflar qurolli to`qnashuvlar  orqali, ya'ni qon to`kish va zo`rlik bilan erishishni ko`zlaydilar.
Prezidentimiz o`qitirganlari kabi ogohlik, ezgu g`oyalar yo`lida kurash olib borish hayot va faoliyatning asosiy mezoni bo`lib qolmoqda.
2-masala yuzasidan Karmana tuman prokurori yordamchisi Sh.Karimovning “Missionerlik: Moxiyati, maqsadlari va oqibatlari” mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi. 
Mustaqil O`zbekistonning istiqlol sari rivojlanishida yoshlar, jumladan, o`sib kelayotgan barkamol avlodning ma'naviy yetukligi, puxta, keng va chuqur bilimli bo`lishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohatlar, ta'lim-tarbiyaga bo`lgan e'tibor va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar mavjud bo`lgan hozirgi zamonda ham ayrim yoshlarimiz o`zlari bilib-bilmay noqonuniy diniy tashkilotlarga yoki inson va jamiyat hayoti uchun o`ta xavfli bo`lgan ekstremistik guruhlarga a'zo bo`lib kirmoqdalar. Zero, hozirgi kunda diniy terrorizm va xalqaro ekstremizm eng xavfli global muammolardan biri hisoblanadi.
3-masala yuzasidan Do`rmon va Qahramon MFYlari otinoyisi A.Yuldoshovaning  “Ijtimoiy illatlardan saqlanish” mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.
Insoniyat texnik va texnologik taraqqiyotga erishsa-da, ijtimoiy muammolar kamaygani yo`q. Tabiatga nodonlarcha munosabatda bo`lish natijasida global isish,  moliyaviy-iqtisodiy inqiroz, OITS va rakka qarshi kurashish yo`llari topilmayapti. Natijada har bir xalq o`z ijtimoiy muammosini o`zi hal etishga o`ralashib bormoqda. Insoniyatni falokatlardan qutqarish hissi unutilib qo`yilmoqda.
Qur'oni karimdagi, “Ey insonlar, darhaqiqat, biz sizlarni bir erkak va bir ayolni yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishingiz, do`st-birodar bo`lishingiz uchun sizlarni turli-tuman xalqlar va qabila - elatlar qilib qo`ydik” degan oyat diniy g`oyalardagi totuvlik, o`zaro hamjihatlikning yorqin namunasidir.  
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan o`quvchilar o`zlarining qiziqtirgan savollariga targ`ibot guruhi xodimlaridan javob  oldilar.
Kun tartibidagi masala yuzasidan MMIBDO` D.Ro`ziqulova va “Qahramon”MFY raisi R.Ro`ziyevlar o`z fikrlarini bildirib o`tdilar.