14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuni

15.01.2018

Karmana tuman XTB ga qarashli 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuniga bag‘ishlangan  “Balli yigitlar” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqani o‘tkazishda maktabimizning faxriy sobiq o‘qituvchilari, nafaqadagi harbiylar qatnashdilar.

Nafaqadagi mayorlar: Bozorov Tursun, Eshmurodov Dehqon, Jalilov Hakim.

Nafaqadagi o‘qituvchilar: Umarov Ahmad, Yovqochov Abdurashidlar yaqindan yordam berib hakamlik qilishdi.

Musobaqada 4 ta jamoa ishtirok etgan, ushbu bellashuvda 9-A, 9-V, 10-A, 10-B sinflar qatnashdi. Musobaqada 10-A sinf jamoasi g‘olib bo‘ldi.