Karmana tumani 3-umumiy o`rta ta`lim maktabida o`tkazilgan “Hayot go’zal! Biz undan zavqlanamiz ”mavzusida 2018-yil 13-aprel kuni bo`lib o`tgan seminar aksiyasi

13.04.2018

Karmana tumani  3-umumiy  o`rta  ta`lim maktabida  o`tkazilgan “Hayot go’zal!   Biz undan zavqlanamiz ”mavzusida 

13-aprel  erta tong soat 9:00 dan maktabimizga mehmonlar tashrif  buyura boshladilar. Biz mehmonlarni maktabimizning kirish eshigi yonida doira hamda go`zal musiqa sadolari ostida qarshi oldik. Mehmonlar ham ko`tarinki ruhda kirib keldilar . Kirish zali ya`ni fayamiz ajoyib tarzda bezatilgan bo`lib,fayamiz chap tomoni milliy burchak qilib yasatilgan bo`lib, u yerda qizlarimiz bir-biridan chiroyli do`ppilar hamda kashtachilik bilan shug`ullanayotgan edilar.

Maktabimiz o`quvchilari hayotdan qanday zavqlanishlarini o`z bekatlari  misolida aks ettirdilar. 5-sinf o’quvchilari o’z bekatlari nomini  “Hayot to’rt faslda ham” shiori ostida o`zlarini ajoyib ko’rgazmalari  bilan qatnashdilar.

6- sinf o’quvchilari o’rtasida “A`lo `oqish burchimiz, unga yetar kuchimiz” shiori ostida o`zlarini ajoyib ko’rgazmalari  bilan qatnashdilar.

7-sinf o’quvchilari o’rtasida “Yoshlikning nav-nihollari” shiori ostida ko’rgazmali chiqishlari bo’lib o’tdi.

8- sinflar kesimida  “Tabiat go’zallik ramzi” shiori ostida ko’rgazmali rasmlar tanlovi bo’lib o’tdi.

9-sinflar o’rtasida    “Hayotda doimo olg`a intilamiz” mavzusida o`zlarining chiqishlari bilan aks ettirdilar.

10-sinflar o’rtasida esa “Yosh kuch “ shiori ostida chiqish qildilar.

Hamma sinf o`quvchilarimiz hayotdan qanday zavq olishlarini manashu loyihamiz orqali bilib oldik.

Shuni bilib oldikki bugungi “Hayot go’zal!” Simenar aksiyamizdan maktabimizning  barcha o’quvchilari “Hayotdan zavq olishdi. Zero barcha bolalarimiz baxtli bo’lishga haqli!

 2018-yil 13-aprel kuni bo`lib o`tgan seminar aksiyasi