TAJRIBAMNING SEHRLI SIRLARI

19.04.2017

     Tajribamning sehrli sirlari

 Navoiy viloyat  Karmana tuman  xalq ta`limi boshqarmasi tomonidan boshlang’ich ta`lim o’qituvchilarining qobiliyatlarini  rivojlantirish, ijodkor, ilg’or va tashabbuskor pedagoglarni aniqlab, ularni ma`naviy qo’llab-quvvatlash maqsadida  ko’rik-tanlov o’tkazildi.


“Tajribamning sehrli sirlari”mavzusidagi mazkur tanlov da o’qituvchilar o’zlarining eng yaxshi ko’rgazmali qurollari va metodik tavsiyalari bilan ishtirok etdi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini fanlarga qiziqtirish, ularning mavzularni cialisfrance24.com yanada yaxshi o’zlashtirishi va mustahkamlashida ko’rgazmalilikning urni muhim.

Tanlov shartiga ko’ra, ishtirokchilar taqdim etgan ko’rgazmalarning qiziqarli  va noan`anaviyligi, nozik did bilan yasalishi, harakatliligiga ahamiyat qaratildi. Shuningdek ko’rgazma uchun sarflanadigan mablag’  miqdorining kam bo’lishiga ham alohida e`tibor berildi. 2017 yil 11 aprel kuni  “Tajribamning sehrli sirlari” eng yaxshi ko’rgazmali qurollar  va metodik tavsiyalar ko’rik-tanlovining (40- yoshdan 50 yoshgacha bo’lgan)  tuman bosqichida  maktabimizning boshlang’ich ta`lim fani  o’rqtuvchisi Jalilova Dilbar tayyorlagan “Mo’jizali  muzlatgish” ko’rgazmasi  bilan qatnashib, 1-o’rinni egalladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Tajribamning sehrli sirlari” eng yaxshi ko’rgazmali qurollar  va metodik tavsiyalar ko’rik-tanlovining (40- yoshgacha bo’lgan)  tuman bosqichida maktabimizning boshlang’ich ta`lim fani  o’qituvchisi Jalilova Lobar tayyorlagan “Fasllar charxpalagi” ko’rgazmasi  bilan qatnashib, barchaning e`tiboriga tushdi va 1- o’rin sohibasi bo’ldi

        Ko’rik-tanlov so’ngida o’qituvchilar o’zaro tajriba almashish bilan birga darslarni qiziqarli tashkil etishda e`tiborini tortuvchi ta`limiy va didaktik o’yinlar, turli xil ko’rgazmali rasmlar, bukletr, tarqatma materiallar va devoriy gazetalar tayyorlashni rejalashtirib, biro lam yangiliklar bilan o’z ta`lim muassasalariga qaytd ilar