Huquq va majburiyatlari

            Huquq va majburiyatlar

OTA-ONALAR YOKI ULARNING O‘RNINI BOSUVCHI SHAXSLARNING HUQUQLARI, MAJBURIYAT VA MAS’ULIYATLARI
1. Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar:
– o‘zlarining balog‘atga etmagan bolalari uchun ta’lim shakllarini umumiy ta’lim muassasasi turi va o‘qish turini tanlash;
– ta’lim muassasasi ma’muriyatidan maktab Ustavi asosida shart-sharoitlar yaratilishini, bolaga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini talab qilish;
– ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
2. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar:
– bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari;
– bolaning qadr-qimmatini hurmat qilishlari, bolada mehnat-sevarlik, yaxshilik, muruvvat tuyg‘ularini, davlat tili va ona tiliga, madaniy qadriyatlarga nisbatan hurmat fazilatlarini tarbiyalashlari ;
– bolalarini maktabda o‘qitish uchun yoki belgilangan talablar xohishida (shartnoma asosida) pullik ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarini yaratishlari shart.
3. Ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar maktabda o‘quvchilarni manfaatlariga taalluqli masalalar muhokama qilinayotganda, ushbu muhokamada qatnashish huquqiga egadirlar.
4. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar farzandlarning maktabda DTS talablari doirasida ta’lim-tarbiya olishlari uchun amaldagi qonunlarga binoan maktab bilan barobar mas’uldirlar.

      MAKTABNING ICHKI TARTIB QOIDALARI

I. UMUMIY QOIDALAR

 

Bugungi kunda yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, ma’naviy va axborot tahdidlaridan himoya qilish, ularda royaviy immunitetni shakllantirish masalalari oldimizdagi eng dolzarb va asosiy vazifa sifatida qolmoqda.

Biz yashab turgan XXI asrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda va o`z ta’sirini tobora kengroq ko`rsatmoqda.

Milliy mentalitetimiz, dunyoqarash va tafakkurimiz, fazilat va xususiyatlarimiz, eng muhimi ezgu va oliyjanob maqsadlarimizga mutlaqo yot bo`lgan g`oyalar, qarashlar, sun’iy Qadriyat va an’analarni turli yo`llar bilan joriy etishga urinishlarni, bir so`z bilan aytganda, ma`naviy tahdid elementlaridan far-zandlarimizni asrash kerak,

 

II. MAKTAB MAMURIYaTI VA PEDAGOGIK JAMOASINING HUQUQ VA BURCHLARI

 

2.1. Ta’lim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida o`qitishning ilror pedagogik texnologiyalarini tanlaga va amaliyotga tatbiq qilish.

2.2. O`quvchilarning ta’lim olishi uchun yetarli shart- sharoitlarni yaratish, o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ta’lim mazmuni va sifatini yaxshilash.

 2.3. O`quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, milliy royaga sadoqat, yuksak insoniy fazilatlar, insonparvarlik, vatanparvarlik va xalqparvarlik ruxida, jamiyatda e’tirof etilgai axloq tamoyillari va meyorlariga mos tarbiyalash, ularning ongi va qalbini ma’naviy, royaviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, diniy aqidaparastlik va missionerlik harakatlari ta’siriga tushib qolishdan saqlash, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, kashandalik, ichkilikbozlik kabi salbiy illatlar, yuqumli kasalliklar profilaktikasi bilan borliq amaliy ishlarni olib borish.

2.4. Ota-onalarni maktab "Ustavi", o`quv-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi sohaviy, meyoriy-huquqiy hujjatlar va ichki tartib-qoidalar bilan tanishtirish hamda o`zaro shartnoma tuzish.

SHuningdek, ota-onalar va maktab ma’muriyati o`rtasida tuzilgan shartnoma shartlarini to`liq bajarilishini talab etish.

2.5. Huquq-tartibot xodimlari hamda mahalla bilan
hamkorlikni kuchaytirish.

2.6. O`qituvchi va o`quvchilardan maktab Ustavida belgilangan tartibga to`liq rioya qilish, tasdiqlangan mashg`ulotlar jadvali asosida ishga va darsga o`z vaqtida kelish, ijodiy yondashgan holda ish kunidan va dars jarayonidan unumli foydalanish, ma’muriyat tomonidan berilgan topshiriqlarni muddatida bajarishni talab qilish.

2.7. O`quvchilarning davomatini muntazam nazorat qilib borish, ularning mashg`ulotlarga to`liq qatnashishini ta’minlash choralarini ko`rish.

2.8. Ota-onalardan farzandini ta’lim muassasasiga darsliklar va o`quv-qurollari hamda maktab Ustavida belgilangan o`quvchilar formasida kelishini talab qilish.

2.9. O`quvchilarning ta’lim muassasasida mobil telefon, internetdan foydalanishlarini nazorat qilish va tartibga solish, ularga mobil telefonidan foydalanish madaniyatini tarbiyaviy soatlarda singdirish, ota-onalar yig`ilishlarida mobil telefonlardan foydalanish madaniyati haqida tushunchalar berish va ularning bu boradagi ma’suliyatini oshirish.

2.10. Pedagogik kengash qarori bilan Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini o’zlashtirmagan o’quvchilarni sinfda qoldirish. (Maktabga o’qishdan bo`yin tovlab, sababsiz kelmaydigan o`quvchilar inobatga olingan)

2.11. Sinf rahbarlarining o`quvchilar va ota-onalar bilan yaqin aloqasini mustahkamlash hamda ularning xonadonlarga doimiy tashriflarini uyushtirish.

SHuningdek, o`quvchilar huquqini muhofaza qilish, tarbiyasi orir o`quvchilar va notinch oila farzandla-ri bilan yakka tartibda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish.

2.12. Uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi o’quvchilar uchun ularning ota-onalari bilan hamkorlikda barcha sharoitlarni yaratish, o`quv qurollari va darsliklar bilan ta’minlash hamda dars mashg`ulotini tegishli o`qituvchilar tomonidan o`tilishini ta’minlash.

2.13. Belgilangan muddatda tibbiy ko`rikdan hamda sinflardagi o`zini-o`zi boshqarish organi vakillari tomonidan birinchi darsdan oldin o`quvchilarni tozalik ko`rigidan o`tishlarini nazorat qilish.

2.14. Dars jarayonida, tanaffus vaqtida va ta’lim muassasasi hududida yurganda bir-biriga o`zaro hurmatda bo`lishni talab etish.

2.15. O`quv yili davomida o`quvchilar uchun maktab oshxonasi va bufetlarning muntazam ishlashini ta’minlash.

2.16. Maktab kutubxonasiga o`quvchilarni jalb qilib, ularni ijaradagi darsliklar va qo`shimcha badiiy adabiyotlar bilan yetarli miqdorda ta’minlash hamda o`quvchilar tomonidan yo`qotilgan yoki yaroqsiz holatga keltirilgan darsliklarni o`rnatilgan tartibda undirish.

2.17. Vasiylik kengashi"ning samarali ish yuritishi uchun shart-sharoit yaratish, hamkorlik faoliyatini mustahkamlash hamda maqsadsiz pul yig`imlariga chek qo`yish.

2.18. O`quvchilar bilimidagi bo`shliqlarni aniqlash, o`qituvchilar tomonidan aniqlangan bo`shliqlarni yakka va guruh tartibida, mustaqil ishlash orqali to`ldirilishini ta’minlash. (O`qituvchi roziligi bilan)

2.19. Ta’lim muassasasida ichki nazoratni yo`lga qo`yish, o`quvchilarning o`zlashtirish samaradorligi va xulqini kuzatib, taxlil qilib borish. (Monitoring olib borish)

2.20. Iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish, fan olimpiadalari va turli ko`rik-tanlovlarda ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.

2.21. O`quvchilarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida fan va qiziqishlari bo`yicha to`garaklar, sport sektsiyalari hamda kuni uzaytirilgan guruhlar faoliyatini samarali tashkil qilish.

SHuningdek, maktabdan tashqari ta’lim muassasala-ri bilan hamkorlik faoliyatini tizimli tashkil etish.

2.22. Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish, maktab mulkini saqlash, kommunal xizmatdan maqsadli foydalanish haqida tushunchalar berish va ularning bu boradagi ma`suliyatini oshirish.

2.23. O`zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan. Reklama to`g`risidagi Qonuni talablariga zid ravishda maktablar hududida yoki atrofida tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga oid reklamalar o`rnatilishiga yo`l qo`ymaslik, boshqa tashkilotlar tomonidan o`rnatilgan. Hollarda mahalliy hokimliklar va huquq-tartibot idoralariga rasman murojaat qilib, oldirib tashlash choralarini ko`rish.

2.24. Maktab yoki yaqin hududlarda o`quvchi-yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko`rsatadigan, axloqsizlik va zo`ravonlikni targ`ib etuvchi, past saviyadagi ommaviy madaniyat elementlari aks etgan tasvirlar mavjud bo`lgan nashr-matbaa mahsulotlari (plakatlar, kitoblar, risolalar, bukletlar, daftarlar, yon daftarlar, rasm daftarlari va boshqa) sotilishiga va tarqatilishiga yo`l qo`ymaslik.

2.25. Maktab oshxonasi (bufet) yoki yaqin atrofdagi umumiy ovqatlanish shahobchalarida tarkibida o`quvchilarning sog`ligi va fiziologik rivojlanishiga zararli ta’sir ko`rsatadigan qo`shimchalar va moddalar bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlari (gamburger, chizburger, turli qo`lbola ichimliklar va boshqa)ni sotilishini hududiy Davlat sanitariya epidemiologiya bo`limlari hamda manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda amaldagi qonun hujjatlariga asosan cheklash.

2.26. O`quv yili davomida namunali hulqi va bilimdagi yutuqlari uchun o`quvchilarni ragbatlantirish. (Ota-onasining ish joyiga, turar joyidagi mahalla qo`mitasiga minnatdorchilik xatini yuborish, ertalabki saflanishlarda faxriy yorliq yoka iliq so`z bilan alohida e’tibor ko`rsatish)

SHuningdek, maktab ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun intizomiy choralar ko`rish. (Ota-onasining ish joyiga, turar joyidagi mahalla qo`mitasiga salbiy xolat yuzasidan xat yuborish, ertalabki saf-lanishlarda alohida ko`rsatib o`tish)

2.27. Yuqori natijalarga erishgan o`z vazifasiga vijdonan yondashgan o`qituvchilarni maktab ma’muriyati tomonidan mukofotlash yoki moddiy rag`batlantirish.

 

III. O`QUVCHILARNING HUQUQ VA BURCHLARI, ULARGA BELGILANGAN TALABLAR

 

3.1. Maktab o`quvchisi huquq doirasida o`z insoniy qadr-qimmatlarini hurmat qilinishi, vijdon va axborot erkinligini his qilish, o’z qarashlari va e’tiqodlarini erkin ifoda etish hamda ta’lim muassasasini boshqaruv ishida qatnashish huquqiga ega.

3.2. Maktab “Ustavi”da belgilangan tartibga to`liq rioya qilish, tasdiqlangan mashg`ulotlar jadvali asosida darsga o`z vaqtida kelish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, ijodiy yondashgan holda dars jarayonidan unumli foydalanish, maktab ma’muriyati va sinf rahbarlari tomonidan berilgan topshiriqlarni muddatida bajarish.

3.3. Davlat ramzlarini qadrlash va hurmat qilish.

3.4. Maktab “Ustavi”da belgilangan o`quvchilar formasida kelishni ta’minlash. Jumladan quyidagilar talab etiladi:

- o`quvchilarning kiyim boshi toza va ozoda bo`lishi;

- o`quvchi qizlarning sochlari tekis turmaklangan, kalta yubka va oldi haddan tashqari ochiq ko`ylak kiymaslik, ta’lim muassasasi hududida bosh kiyimsiz va pardozsiz yurish;

- o`g`il bolalarning sochlari tekislangan, maktabga shortik va maykada, zamonaviy moda deb tizzasi yirtilgan shim, g`arbning jangari film qahramonlari aks ettirilgan kiyimlarda kelmaslik.

3.5. Maktabga o`quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan o`quv darsliklari bilan kelishni ta’minlash. Jumladan quyidagilar talab etiladi.:

- o`quvchilar uchun mo`ljallangan papka bilan kelishi;

- kundalik daftari bo`lishi;

- darsga to`liq o`quv darsliklari bilan qatnashish;

- ma’naviyatga zid hamda sifatsiz daftarlardan foydalanmaslik.

3.6. Maktabda mobil telefonlardan foydalanish madaniyati haqida tushunchalarga ega bo`lishi va bu boradagi tartibga to`liq rioya qilish talab etiladi.

Jumladan:

- maktabga mobil telefoni bilan kelish huquqiga ega, bunda mobil telefon “Ovozsiz rejim”da bo`lishi shart;

- mobil telefon o`quvchilarning darsdan chalg`ituvchi vosita ekanligini inobatga olib, dars mashg`ulotlari va tadbirlarda mobil telefonni o`chirib qo`yish;

-maktabga kirishdan oldin, katta tanaffus va tanaffuslarda ota-onalari, vasiylari yoki yaqinlari bilan ta’lim muassasasiga yetib kelganligi, o`zining xavfsizligi va salomatligi to`g`risida, oxirgi darsdan keyin (yoki ma’lum sabablarga ko`ra avvalroq) ta’lim muassasasidan ketayotganligi to`g`risida xabar berish uchungina mobil telefondan foydalanish;

- ta’lim muassasalarida imtihonlar, madaniy tadbirlar paytida, axborot-resurs markazlari, o`quv zallari, umumiy foydalanish va ovqatlanish joylarida
mobil telefondan foydalanmaslik;

- dars vaqtida mobil telefon yordamida so`zlashish, qisqa xabarlar almashish, o`yin o`ynash, Internet saytlariga kirish, musiqa tinglash va boshqa maqsadlarda foydalanmasdik;

- mobil telefon orqali so`zlashganda boshqalarni haqorat kilish va atrofdagilarning nafsoniyatiga teguvchi so`zlarni ishlatmaslik;

- mobil telefon orqali maktabga inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, ma’naviy buzuqlikning turli ko`rinishlari, pornografiya, alkogolizm, ichkilikbozliq, kashandalik kabi illatlarni targ`ib etuvchi, jamiyatda umum e’tirof etilgan ahloqiy qadriyatlarga zid bo`lgan, o`quvchilarning jismoniy va ma’naviy kamolotiga zarar keltiruvchi, shuningdek, diniy va milliy nizolar keltirib chiqaruvchi, diniy aqidaparastlik va missionerlik bilan bog`liq har qanday ko`rinishdagi ma’lumotlarni olib kirmaslik va tarqatilishiga yo`l qo`ymaslik;

- mobil telefon orqali o`quvchilarning yosh xususiyatlari va ijtimoiy mavqeiga mos bo`lmagan, ularning xavfsizligi to`liq kafolatlanmagan xizmatlari, jumladan, SMS - tanishuv xizmatlaridan foydalanmaslik;

- maktabda mobil telefonning o`ta baland ovozga sozlanishi, ularga mazmunida o`quvchining yoshi va ijtimoiy mavqeiga mos bo`lmagan, ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko`rsatuvchi musiqa (rington)larni o`rnatmaslik, eshitmaslik va tarqatmaslik;

- mobil telefonni bezatishda o`quvchining yoshi va ijtimoiy mavqeiga mos bo`lmagan, ma’naviy-axloqiy tarbiyaga salbiy ta’sir ko`rsatuvchi tasvirlar (Walpaper yoki Zastavka), bezaklar, simvollar, qo`girchoq va boshqa shu kabilardan foydalanmaslik.

3.7. Maktabda mobil telefondan foydalanish ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligi, xavfsizligini ta’minlash, o`quvchilarning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy kamol topishi, hayoti va sirliri, sha’ni va qadr-qimmatini muhofaza qilish maqsadlarida, huquq va burchlarning, erkinlik va ma’suliyatining tengligi nuqtai nazaridan cheklanishi mumkin.

SHuningdek, maktabda mobil telefondan foydalanish talablarini buzgan o`quvchi ikki martagacha rahbariyat, rahbar o`rinbosarlari va pedagoglar tomonidan tegish-li tartibda ogohlantiriladi.

Talablar uchinchi marta yoki ikkinchi marta o`ta qo`pol tarzda buzilgan holatda pedagoglar tashabbusi bilan 2 nafar pedagog (biri sinf rahbari bo`lishi maqsadga muvofiq) va 2 nafar o`quvchi guvohligida mobil telefon o`quvchidan olib kuyiladi, ota-onasi, ularning o`rnini bosuvchi shaxslar yoki yaqinlari ishtirokida muxokama qilinib, chora ko`rilgandan so`ng qaytarib beriladi.

3.8. Internetdan tarmog`idan faqat bilim olish maqsadida to`g`ri foydalanish, yovuz va buzg`unchi g`oyalar targ`ib etiluvchi o`yinlar, saytlar va xabarlar ta’siridan himoyalanish, bu borada internetdan faqatgina ZiyoNet ta’lim tarmog`i orqali foydalanish.

3.9. Hafta davomida maktabning hayoti bilan bogliq tashkiliy va ommaviy tadbirlarda, xususan juma-ma’naviyat kunlari madaniy tadbirlarda faol ishtirok etish.

3.10. Jismoniy tarbiya dars mashg’ulotlari kuni sport zallariga maxsus sport formasi va oyoq kiyimlarida ishtirok etish. (Maxsus formasiz kelgan o`quvchilar mashg`ulotga ko`yilmaydi. va o`sha kuni o`kuvchi sababsiz darsga ishtirok etmadi deb hisoblanadi)

3.11. Maktabga qurol-yarog, portlovchi moddalar, tez alanga oluvchi narsalar, spirtli ichimliklar, narkotik va tamaki mahsulotlari, zaharli moddalar olib kelinmaydi.

SHuningdek, maktabga gugurt, o`tkir qirrali narsalar, gazli ballonchalar, qurollar va o`yin kartalari olib kirishlariga ruxsat etilmaydi.

3.12. Dars mashg`ulotlari davomida maktabdan chiqib ketish, darsga kelmaganligi va keyingi darsga kirish uchun ruxsatni sinf rahbari va maktab ma’muriyatining ko`rsatmasi bilan amalga oshirilishi tartibiga rioya qilish. (Agar o`kuvchi mashg`ulotga kelmasa, buning sabablarini isbotlovchi hujjatlar: tibbiy malumotnoma yoki ota-onasining arizasi sinf rahbariga taqdim etilishi lozim)

3.13. Maktab ichki tartib-qoidasini buzgan o`quvchilarga quyidagi intizomiy jazo choralari qo`llanishi belgilangan. Jumladan:

- kundaligiga tanbeh yozish;

- maktab buyrug`i bilan hayfsan e’lon qilish;

- boshqa sinfga ko`chirish;

- vaqtinchalik sinfdan tashqari tadbirlarda ishtirok etishini taqiqlash;

- sinf jamoasi orasida muhokama etish;

- ota-onasining ish joyiga va mahalla oqsoqoli nomiga xat yuborish.

3.14. Maktab hayotida faol ishtiroki, hulqi va odobi, bilimida erishgan yutuqlari uchun rarbatlantiriladi. Jumladan:

- maktab buyrug`i bilan tashakkurnoma e’lon qilish;

- maktabning “Faxriy kitobi”ga kiritish;

- “Faxriy yorliq” bilan taqdirlash;

- qimmatbaho va esdalik sovralari bilan mukofotlash;

- maktab radiouzeli orqali e’lon qilish;

- ota-onasining ish joyiga va mahalla oqsoqoli nomiga xat yuborish.

 

IV. OTA-ONALARNING HUQUQ VA BURCHLARI VA MAJBURIYATLARI

 

4.1. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, Oila kodeksi, Maktab “Ustavi”, maktab ma’muriyati va ota-onalar o`rtasida tuzilgan shartnomaga hamda amaldagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablarga qat’iy amal qilish.

4.2. “Vasiylik kengashi”, ota-onalar qo`mitasi faoliyatida ishtirok etish, maktab ma’muriyati va sinf rahbarlari bilan yaqindan hamkorlik qilish.

4.3. Maktabga tasdiqlangan mashrulotlar jadvali asosida farzandining o`z vaqtida mashg`ulotlarga to`liq darsliklar va o`quv-qurollari bilan kelishini ta’minlash.

4.4.Farzandining davomatini muntazam nazorat qilib borish, uning mashg`ulotlarga to`liq qatnashishini ta’minlash choralarini ko`rish, uning o`zlashtirish samaradorligi va xulqini kuzatib, tahlil qilib borish.

4.5.Farzandini maktab “Ustavi”da belgilangan o`quvchilar formasida kelishini ta’minlash.

4.6. Milliy ma’naviyatimizga, “Ta’lim to`g`risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari-ga javob beradigan yozuv (shu jumladan kundalik, rasm) daftarlarida beriladigan fan, adabiyot, san’at sohasiga hissa qo`shgan ulug` allomalar, olimlar portretlari, aforizm darajasiga ko`tarilgan hikmatli so`zlar mazmun-mohiyatiga singdirilgan o`quv qurollari va boshqa o`quv anjomlari bilan ta’minlash.

4.7.Farzandining maktabda mobil telefondan foydalanishlarini nazorat qilish va tartibga solish, ularga jamoat joyi va maktabda mobil telefonlardan foydalanish madaniyati haqida tushunchalar berish va ularning bu boradagi mas’uliyatini oshirish.

4.8. Farzandining ongini internet orqali kirib kelayotgan g`oyaviy tahdid va past saviyali “Ommaviy madaniyat”ning zararli ta’sirlaridan himoyalash, bu borada shaxsiy kompyuter va telefon orqali internetga kirishini faqatgina “ZiyoNet” ta’lim tarmogi orqali amalga oshirishini tushuntirish va nazorat qilish.

4.9.Farzandi sog`ligini nazorat qilish borasida belgilangan muddatda tibbiy ko`rikdan o`tkazish.

4.10. Farzandining bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan maktabda va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida qiziqishlari bo`yicha to`taraklar, sport sektsiyalari va kuni uzaytirilgan guruhlarda muntazam qatnashishini ta’minlash.

4.11. O`qituvchilar tomonidan aniqlangan farzandi bilimidagi bo`shliqlarni to`ldirish maqsadida yakka va guruh tartibida, mustaqil ishlashi uchun barcha sharoitni yaratish va nazorat qilish.

4.12. Turli sport va fan olimpiadalari, ko`rik-tanlovlarda ishtirok etishini to`liq ta’minlash va yaqindan yordam berish.

4.13. Ijaraga berilgan darsliklarni farzandi tomonidan avaylab-asrashni nazorat qilish, darsliklar ijarasi uchun mablarlarni o`z vaqtida to`lash.

4.14. Maktab binosi, o`quv-laboratoriya va boshqa jixozlariga farzandi tomonidan moddiy zarar yetkazilgan hollarda (nobud qilish, sindirish, buzish, chizish, yaroqsiz holga keltirish va h.k o`rnatilgan tartibda zararni qoplash.

4.15. Maktabda o`tkaziladigan “Ochiq eshiklar kuni”, “Otalar majlisi” va “Ota-onalar majlisi”da hamda boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etishda faol ishtirok etish.

4.16. Farzandini turli salbiy oqimlar ta’siridan himoya qilish, jinoyatchilik va qonunbuzarlikdan asrash va sorlom turmush tarzini shaxsiy namunasi orqali singdirish. Jumladan:

- oyda bir marta badiiy kitob o`qish;

- bitta sport turi bilan shurullanish;

- oyda bir marta oilaviy madaniyat maskanlariga tashrif buyurish.

4.17. Farzandini namunali hulqi va erishgan bilimdagi yutukdari uchun rag`batlantirish.

SHuningdek, maktab ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun tarbiyaviy choralar ko`rish.

 

V. YaKUNIY QOIDALAR

 

Ta’lim muassasalari yosh avlodni yetuk, ma’naviy boy, barkamol, komil inson bo`lib rivojlanishida asosiy poydevor vazifasini o`tar ekan, bu borada o`quvchilaring tashqi qiyofasi, bilim darajasi, hulq-atvori bekami ko`st bo`lishi ta’lim-tarbiya jarayoniga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.

Bu borada, ta’lim-tarbiya jarayonida rahbar, rahbar o`rinbosari, sinf rahbari va ota-onalarning o`zaro hamkorlikda amalga oshirayotgan ishlari o`z samarasini bermoqda.

Bugungi kunda esa ma’naviyat masalalari davlatimiz rahbarining “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” nomli kitobi dunyo yuzini ko`rishi bilan davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Demak, endi oldingi holatda ishlab bo`lmaydi. Barcha darajadagi ishlarimiz shunga mos bo`lishi shartdir. SHu ma’noda ushbu sohadagi fao-liyatimizni, xususan tizimdagi ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayonini ham funktsional, ham kontseptual-nazariy, ham amaliy-tashkiliy jihatdan ushbu talablar nuqtai nazaridan turib yana bir bor chuqur tahlil qilishimiz, baholashimiz va yangi bosqichga olib chiqishimiz zarur.

Jumladan, har bir ta’lim muassasasida sog`lom ijtimoiy-psixologik, ijodiy va ma’naviy muhitning barqaror bo`lishiga erishish, ta’lim va tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi har qanday holatlarning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini ota-ona-o`quvchi-pedagogik jamoa birgalikda muhokama qilish va ularga barham berish;

Ta’lim muassasalari o`quvchilari o`rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligi, samarasini aniqlash hamda pedagogik jamoaning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatiga baho berish maqsadida so`rovnomalar o`tkazish, natijalarini birgalikda muhokama qilish;

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha alohida yutuqlarga erishgan o`quvchi, ota-ona va pedagog xodimlarni ma’naviy va moddiy rag`batlantirish, o`zaro tajriba almashinuvini kuchaytirish;

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning metodik ta’minotini yaxshilash, ta’lim muassasalarini milliy g`oya targ`iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo`yicha zamonaviy adabiyotlar, metodik qo`llanmalar va tavsiyalar bilan ta’minlash, bu borada hamkorlikni kuchaytirish;

O`quvchilarda axborot olish va tarqatish madaniyatini shakllantirish. O`quvchini axborotni qaysi manbadan olishidan qat’iy nazar to`g`ri talqin qilishga o`rgatishimiz lozim. Unga har qanday salbiy mazmundagi axborotni qiyoslashi, to`g`rini noto`g`ridan, oqni qoradan ajratishi uchun muqobil axborotni o`z vaqtida berish;

Tarbiyaviy soatlar mavzularining eng dolzarb masalalarga bag`ishlanishi, quruq pand-nasihatdan ko`ra ko`proq, ularda tarbiyaga ta’sir etuvchi salbiy illatlarning asl mohiyatini tahlillar, qiyoslash va hayotiy misollar yordamida, zarur bo`lsa mutaxassislar ishtirokida ochib berish;

O`quvchilarda kiyinish madaniyatini shakllantirish, internet va uyali aloqa vositalaridan to`g`ri foydalanishga o`rgatish, “Ommaviy madaniyat” elementlari (xorijiy estrada yulduzlari, badiiy asarlar, kino va multfilmlar qahramonlari, emo yoki gotlar kabi sub-madaniyatlar vakillari, tatuaj, pirsing va boshqa)ga ko`r-ko`rona taqlid qilishining oldini olish.

Ushbu maktabning ichki tartib qoidalari bilan barcha o`quvchilar, o`qituvchilar jamoasi va ota-onalar tanishtirilib, maktabning foyesiga osib qo`yiladi.