Maktab tarixi

Biz  ta`lim  olayotgan  maktab  1928 - 1929 yillarda usta  Xoji  Eshnazarovning  mehmonxonasida  moslashtirilgan  sinf  oshilgan.  Maktabning   birinchi  direktori Ulyanovsk  viloyatidan   kelgan  M. S. Sipayev, birinchi  o`qituvchisi  Axmad  To`xtayev,  Madina  Sipayevalar bo`lgan.

         1937  yilda  qishloq  soveti,  kolxoz  pravleniyasi,  jamoatchilik  tashabbusi  bilan  Umar  Aminning  hovli  joyi o`rnida  o`z  zamonasiga  xos g`ishtdan  tipovoy  maktab  quriladi.

         Maktab  avvala   7  yillik  bo`lib, keyin  o`rta  maktabga  aylantirildi. Maktab  huzurida  davlat va ota - onalar  ta`minotidagi  internatlar ochilib, 150 ga  yaqin  bola Hazora,  Arab  saroy,  Yangi  qurg`on,  Turkiston,  Jaloyir, Yangi  ariq  qishloqlaridan  kelib  internatda  ta`lim  - tarbiya  olganlar.

         Maktabning  birinchi  o`quvchilaridan  Ro`ziyev  Bahron,  Qurbonov  Razzoq, Jo`rayeva  Sharofat,  Nurov  Inoyat,   Temirov  Kamol,  Xudoyqulova  Shamsiya,  Shodiyev  Muhammad,  Turdiyev  Bozor va   boshqalar.

         1958  yilda  domulla  R.  Jalilov  maktab  direktorligiga tayinlanib, 1985  yilgacha  shu  vazifada  ishlaganlar. 1959 yildan 1980 yilning  oxirigacha A.  Xaqberdiyev  ilmiy   mudiri  bo`limi  bo`lib  ishlaganlar. 1985 yildan 1992  yilgacha A.  Rahmatov, 1992 yildan 1995 yilgacha A.  Umarov  maktab  direktori  vazifasida  ishlaganlar.  1995  yildan buyon  maktabga  M.  Karimova rahbarlik  qilib   kelmoqda.

         Mazkur  maktab   binosi  1987 yil  1 - sentyabr 1076 o`ringa  mo`ljallangan zamonaviy o`quv binosi  “Bilimlar  kuni”  arafasida  foydalanishga  topshirilgan.

         Maktab  tarixida  fan olimpiadalari  tanlovlarining  respublika  bosqichlarida  o`quvchilar  faol  qatnashib  kelganlar. Jumladan, matematika  fanidan Xojiyeva  Flora,  Jumayev Sanjar,  ona tili  va adabiyot  fanidan Bozorova  Sabohat,  Bibetov Otajon,  musiqa  fanidan Jabborov  Nurbeklar  fan olimpiadalari  va tanlovlarining respublika  bosqichida  qatnashib g`olb  bo`lib  maktabimiz sharafini  himoya   qilganlar.

         Maktabning   sobiq  o`quvchilaridan  2  ta fan  doktori, 5 ta  fan  nomzodi, 1 ta “O`zbekistonda  xizmat  ko`rsatgan   artist”, 2 ta “O`zbekistonda  xizmat  ko`rsatgan  paxtakor”, 1 ta “O`zbekiston  SSRda  xizmat  ko`rsatgan  o`qituvchi ”, 1 ta “O`zbekistonda  xizmat  ko`rsatgan  yoshlar  murabbiysi”, 1ta Shuhrat  medali  sohibi, 266 nafar oliy  ma`lumotli  o`qituvchi, 124  nafar  oliy  ma`lumotli vrach, 97  nafar oliy ma`lumotli qishloq  xo`jaligi  xo;dimlari, 274  nafar  oliy  ma`lumotli  muhandislar, ko`plab  nufuzli  tashkilotlar  rahbarlari,  xokimiyat  xodimlari, tadbirkorlar,  yuqori  malakali  ishchilar,  hunarmand  ustalar,  bog`bon - u  chorvadorlar, paxtakor - u  pillakorlar  yetishib  chiqqanlar.

         Maktab 2005 yilda Davlat Umummilliy Dastur asosida joriy ta`mirdan chiqarilgan edi. Maktabda 1 ta kimyo, 1 ta biologiya, 2 ta mehnat, 1 ta fizika, 1 ta informatika xonalarining laboratoriyalari bo`lib, kimyo hamda biologiya fani laboratoriyalari “El Xolding” kompaniyasining zamonaviy ashyolar, modellar, o`quv ko`rgazmalari bilan ta`minlanganligi o`quvchilar bilim samaradorligini oshirishda muhim omil bo`ldi.  

          Maktabda o`quvchilarning qiziqish va istaklarini hisobga olib, 1 – 9 – sinflarda barcha fanlardan fan to`garaklari faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Sportning barcha turlari bo`yicha 8 ta sport seksiyalar ish olib boradi. Bundan tashqari sport maktablarida 135 nafar sportning turli yo`nalishlarida ishtirok etib kelmoqda. O`quvchilarning to`garaklarga ishtiroki o`quvchi soniga nisbatan 85%ni tashkil etadi.

          Maktab o`quvchilari uchun fan  va sport to`garaklarida qatnashish uchun barcha shart – sharoitlar  yaratilgan. Maktab o`quvchilari sportning ko`pgina turlaridan, jumladan: Kurash bo`yicha   8 – sinf o`quvchisi Abdurashidov Alisher – 1 – o`rin, 6 – sinf o`quvchisi Hamroyev Sunnat 2 – o`rin, Respublika turnerida Nabiyev Ro`zimurod 1 – o`rinni egalladi.   

Shaxmat bo`yicha 7 – 14 yoshli o`quvchilar o`rtasida o`tkazilgan respublika musobaqasida Axtamov Abbos, Oblayeva Gulzoda faol qatnashib 2 – o`rinni egalladi.

2006 yilda Kurash bo`yicha Respublika birinchiligida 9 – “B” sinf o`quvchisi Hojiyeva O`g`iloy  kumush medal bilan taqdirlandi.

2007 yilda Toshkent shaxrida o`tkazilgan Shaxmat bo`yicha 10 yoshli o`quvchilar o`rtasida o`tkazilgan respublika birinchiligida 5 – “B” sinf o`quvchisi Oblayeva Gulzoda  faxrli 4 – o`rinni egalladi.

2007 yilda “Otam, onam va men” sport musobaqasini Qarshi viloyatida o`tkazilgan Respublika bosqichida maktabning jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi U.Yallayev oilasi bilan qatnashib, faxrli 4 – o`rinni egalladi. 

         2011 yil Karimova Muslima keksalik nafaqasiga ketganligi tufayli 2011 yil iyun oyidan maktabning matematika fani o`qituvchisi Rajabov Erkin Nabiyevich direktor vazifasida o`tdi.

         2013 yil may oyidan boshlab maktabning ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Saidova Mahliyo Amonovna direktor vazifasiga tayinlandi.